logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabritsio Romano: Sovrinsiz mavsum Arbeloani iste'foga etaklashi mumkin

 17 APREL, 2026, 12:00

Madridning «Real» klubida navbatdagi murabbiylar almashinuvi yuz berishi mumkin. Jamoaning hozirgi ustozi Alvaro Arbeloaning kelajagi La Ligadagi omadsizliklar va Chempionlar ligasining 1/4 finalidagi mag'lubiyatdan so'ng so'roq ostida qolmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, ijobiy jihatlar ham yo'q emas: klubda ispaniyalik mutaxassisning ishga bo'lgan munosabatidan mamnunlar, shuningdek, «qaymoqranglilar» rahbariyati uning yosh o'yinchilarga ishonch bildirishga moyilligini yuqori baholashmoqda. Shunga qaramay, agar mo''jiza yuz bermasa, jamoa mavsumni sovrinlarsiz yakunlaydi, shu bois Arbeloaning ketishi ehtimoli juda yuqori. Yakuniy qaror yaqin orada qabul qilinadi.

Alvaro Arbeloa «Real» bosh murabbiyi lavozimini shu yilning yanvar oyida egallagan edi — u iste'foga chiqarilgan Xabi Alonsoning o'rnini egallagandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ