logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shesni: «Mag'lubiyatni mardlarcha tan olib, oldinga intilishimiz kerak»

 17 APREL, 2026, 11:54

«Barselona» darvozaboni Voytsex Shesni jamoaning Chempionlar ligasidan chiqib ketgani va kelgusidagi rejalari haqida gapirdi.

«Ko'k-anorranglilar» chorak finalning dastlabki uchrashuvidagi 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, «Atletiko» bilan kechgan javob bahsida (2:1) vaziyatni o'nglay olmadilar.

«Afsuski, «Atletiko»ga qarshi ikki o'yinda jamoaning qilgan harakatlari etarli bo'lmadi. Endi o'zimizga bo'lgan ishonchni saqlab qolishimiz va La Ligada g'alabani ta'minlashimiz kerak – mavsumning qolgan qismidagi asosiy maqsadimiz shu. Bor e'tiborni chempionatga qaratishimiz lozim.

Albatta, Chempionlar ligasidan chiqib ketish — mahzunlik, chunki biz turnirda g'olib chiqishga umid qilgandik, lekin men jamoaning ishtiyoqi va harakatlari bilan faxrlanaman. Endi mag'lubiyatni mardlarcha tan olib, oldinga intilish qoldi, xolos», – dedi Shesni o'z intervyusida.

«Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va mavsum yakuniga etti tur qolganda Madridning «Real» klubini 9 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ