logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vlaxovich va «Yuventus» o'rtasidagi kelishuv amalga oshmayapti

 17 APREL, 2026, 11:24

«Yuventus» rahbariyati hujumchi Dushan Vlaxovichning vakillari bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarda tanaffus qilishga qaror qildi.

La Gazzetta dello Sport nashrining ta'kidlashicha, turinliklar va hujumchi o'rtasidagi muzokaralar mavsum yakuniga qadar qoldirilgan. Bu shuni anglatadiki, serbiyalik futbolchi yozda klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin, chunki uning amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyigacha mo'ljallangan.

Manbaning qayd etishicha, voqealarning bunday tus olishi Vlaxovichning «Yuventus»dan ketishi muqarrar ekanligidan dalolat berishi mumkin.

Avvalroq, «Yuventus» Vlaxovich bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilayotgani, unga ko'ra hujumchi A Seriyadagi eng yuqori maoshini (yiliga 12 million evro) ikki barobarga qisqartirib, taxminan 6 million evroga rozi bo'lishi kerakligi xabar qilingandi. Katta ehtimol bilan, bu taklif futbolchini qanoatlantirmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ