logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vitor Pereyra: «Biz bu muvaffaqiyatga loyiq edik, jamoam bilan faxrlanaman»

 17 APREL, 2026, 11:12

«Nottingem Forest» ustozi Vitor Pereyra Evropa Ligasi chorak finalidan o'rin olgan «Portu»ga qarshi javob uchrashuvidagi g'alabadan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Ushbu natija evaziga «o'rmonchilar» musobaqaning keyingi bosqichiga yo'l oldilar.

«Hozirda bizda ajoyib jamoa shakllangan. U xarakter va zarur mahoratga ega. Biz bu muvaffaqiyatga loyiq edik. Jamoam va muxlislarimiz bilan faxrlanaman. Birgalikda biz buni uddalay oldik», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Evropa Ligasining yarim final bosqichida «Nottingem Forest» Birmingemning «Aston Villa» jamoasi bilan kuch sinashadi. Ilk to'qnashuv 30 aprel kuni bo'lib o'tsa, javob uchrashuvi 7 mayga belgilangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ