logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» sobiq darvozaboni fojiali halok bo'ldi: Buffon jamoadoshi bilan xayrlashdi

 17 APREL, 2026, 11:06

«Yuventus»ning sobiq darvozaboni Janluiji Buffon sobiq jamoadoshi Aleks Manningerning YTH (yo'l-transport hodisasi) oqibatida vafot etganiga hissiyotlarga boy tarzda munosabat bildirdi.

Avstriyalik sobiq futbolchining avtomobili poezd bilan to'qnashib ketgan, 48 yoshli Manninger ushbu halokatdan so'ng omon qolmagan.

Buffon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qoldirgan postida ushbu xabardan qattiq larzaga tushganini ma'lum qildi. Janluiji Manningerning oddiy narsalardan baxt izlaganini, masalan, o'rmonni, baliq ovlashni va o'z oilasini juda yaxshi ko'rganini alohida ta'kidlab o'tdi.

«Sen osmonda ham farzandlaring va rafiqangga yordam berishda davom etasan. Ruhing tinch bo'lsin», — deya o'z maktubini yakunlagan italiyalik afsona.

Aleks Manninger 2008 yildan 2012 yilgacha «Yuventus» sharafini himoya qilgan va Janluiji Buffonning o'rinbosari hisoblangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ