logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Romero: «Vinisiusning miyasi mashqlarga bo'ysunmasa kerak»

 17 APREL, 2026, 10:48

Madridning «Real» klubi sobiq skauti Manolo Romero «qirollik klubi» UEFA Chempionlar ligasini tark etganidan so'ng, jamoaning braziliyalik vingeri Vinisius Junior sha'niga tanqidiy fikrlar bildirdi.

«U vaziyatlardan foydalanish ustida ishlashi, kallani ishlatishi kerak. Ehtimol, uning miyasi mashqlarga bo'ysunmas, ammo zarbani yakunlash mahoratiga ta'sir o'tkazsa bo'ladi. Buning ustida ishlash lozim», — deya Romeroning so'zlarini keltiradi Cadena Ser.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida «Real» safarda «Bavariya»ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra «qaymoqranglilar» 4:6 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Evrokubokning yarim finalida Myunxen grandi Frantsiyaning «PSJ» jamoasi bilan to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ