logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Marokashlik iqtidor erkin agentga aylanadi

 17 APREL, 2026, 09:06

«Marsel» klubining 22 yoshli yarim himoyachisi Bilal Nadir, katta ehtimol bilan, yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadi. Bu haqda «L’Equipe» nashri xabar bermoqda.

Nadir Roberto De Dzerbi ketganidan keyin jamoani qabul qilib olgan Xabib Beye boshqaruvidagi tarkibda faqat zaxira futbolchisi rolini o'ynamoqda, xolos. Ushbu mavsumda marokashlik futbolchi chempionatda 19 ta o'yinda ishtirok etdi. Oktyabr oyida esa u salomatligi bilan bog'liq muammolarga duch keldi — «Anje»ga qarshi bahsda maydonda hushini yo'qotgan edi.

Manbaning ta'kidlashicha, Nadirning jamoadoshlari Per-Emil Xyoyberg va Joffrey Kondogbiya ham ish joyini o'zgartirishi mumkin. Artur Vermeren esa ijara muddati yakunlangach, «Leyptsig»ga qaytadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ