logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Unai Emeri ettinchi bor Evropa ligasi yarim finalida

 17 APREL, 2026, 09:00

Unai Emeri murabbiylik faoliyatida ettinchi bor Evropa Ligasi yarim finalida ishtirok etadigan bo'ldi.

Bugun ispaniyalik mutaxassis qo'l ostidagi «Aston Villa» turnirning 1/4 final javob uchrashuvida «Bolonya»ni tor-mor keltirdi (4:0, birinchi o'yin – 3:1). Bungacha Emeri boshqargan klublar ushbu musobaqaning yarim finaliga 6 marta chiqishgan edi.

2012 yilda Emeri boshqaruvidagi «Valensiya» ushbu bosqichda «Atletiko»ga imkoniyatni boy bergan (2:4, 0:1). Bu Unai jamoasi Evropa Ligasi yarim finaliga qadar etib borib, keyingi bosqichga o'ta olmagan yagona holatdir.

2014 yildan 2016 yilgacha bo'lgan davrda «Sevilya» Emeri boshchiligida ketma-ket uch marta kubok sohibiga aylangan.

2019 yilda Unai boshqaruvidagi «Arsenal» finalga chiqib, u erda «Chelsi»ga mag'lub bo'lgan (1:4). 2021 yilda esa Emeri «Vilyarreal» bilan Evropa Ligasida g'olib chiqdi.

Yarim finalda «Aston Villa» «Nottingem Forest» jamoasi bilan to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ