logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gordonning Londonga ko'chish istagi «Arsenal»ga transferda yordam beradi

 17 APREL, 2026, 08:42

Jurnalist Saymon Kollinz ijtimoiy tarmoqlarda «Nyukasl» vingeri Entoni Gordon uchun kechadigan ehtimoliy transfer kurashida Londonning «Arsenal» klubi ega bo'lgan ustunlikni ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, angliyalik futbolchi keyingi hayoti uchun boshqa har qanday shahardan ko'ra «Arsenal» joylashgan Londonga ko'chib o'tishni afzal ko'rmoqda.

Shunga qaramay, «Arsenal»ning qisqa ro'yxatida (short-list) boshqa nomlar ham bor, chunki klub aynan chap qanot hujumini kuchaytirish variantlarini izlamoqda.

Gordon 25 yoshda bo'lib, u «Everton» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2023 yildan buyon vinger «Nyukasl» sharafini himoya qilib kelmoqda. Katta ehtimol bilan, yozda «hakkalar» uni sotib yuborishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ