logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Inter» Chalxano'g'li bo'yicha qaror qabul qildi

 17 APREL, 2026, 08:24

Milanning «Inter» klubi yarim himoyachi Xakan Chalxano'g'li bilan shartnoma 2027 yilda yakuniga etsa-da, hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi.

Klub egalari 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan shartnomani uzaytirishni ma'qullashmaydi, biroq turkiyalik futbolchini sotib yuborish fikridan ham voz kechishgan ko'rinadi. Jurnalist Paskuale Guarroning ma'lumotlariga ko'ra, «neradzurrilar» sport rahbariyati «Oaktree» fondini Chalxano'g'lini amaldagi kelishuvi yakunlangunga qadar jamoada olib qolish maqsadga muvofiq ekanligiga ishontirgan. Shu tariqa, yarim himoyachi keyingi mavsum oxirigacha qoladi va shundan so'ng erkin agent sifatida jamoani tark etadi. 32 yoshli futbolchining o'zi ham voqealarning bunday rivojiga qarshi emas.

Ma'lumki, bosh murabbiy Kristian Kivu Xakanni jamoa uchun eng muhim figura deb hisoblaydi va uni olib qolish tarafdori bo'lib chiqmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ