logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Manba: «Real» yozda Arbeloani iste'foga chiqarmaydi — klub murabbiyga to'liq ishonadi

 16 APREL, 2026, 22:42

Madridning «Real» klubi rahbariyati bosh murabbiy Alvaro Arbeloaga to'liq ishonch bildirmoqda. Bu haqda TVE xabar berdi.

Manbaga ko'ra, jamoaning Chempionlar ligasi chorak finalida musobaqani tark etgani va Ispaniya chempionatida «Barselona»dan 9 ochkoga ortda qolayotganiga qaramay, klub rahbariyati mutaxassisni qo'llab-quvvatlamoqda.

Qayd etilishicha, «qirollik klubi» Arbeloani nafaqat joriy mavsum oxirigacha saqlab qolish, balki uni keyingi mavsumda ham jamoada qoldirish borasida qat'iy qaror qabul qilgan.

Alvaro Arbeloa «Real» bosh murabbiyligiga 2026 yil 13 yanvar kuni tayinlangan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. 43 yoshli mutaxassis ushbu lavozimda jamoani yozdan beri boshqarib kelgan Xabi Alonsoni almashtirgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ