logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gyuler, Ferran, Upamekano — Chempionlar ligasi hafta ramziy terma jamoasida

 16 APREL, 2026, 22:12

Chempionlar ligasining X ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi haftaning eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan ramziy jamoani e'lon qildi.

Darvozabon: Xuan Musso («Atletiko» Madrid).

Himoyachilar: Markinos («PSJ»), Dayo Upamekano («Bavariya»), Eduardu Kuarejma («Sporting»).

Yarim himoyachilar: Yozua Kimmix («Bavariya»), Martin Subimendi («Arsenal»), Markos Lorente («Atletiko» Madrid), Arda Gyuler («Real» Madrid).

Hujumchilar: Maykl Olise («Bavariya»), Usmon Dembele («PSJ»), Ferran Torres («Barselona»).




Joriy mavsum finali Vengriya poytaxti Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo'lib o'tadi. Hal qiluvchi uchrashuv 2026 yil 30 may kuniga belgilangan.

Ayni paytda Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi — «PSJ» hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ