logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Oltin to'p – 2026»: Maykl Olise kuchli uchlikka kirdi, Messi va Ronalduning pozitsiyalari o'zgardi

 16 APREL, 2026, 22:00

Payshanba kuni Goal portali sahifalarida 2026 yilgi «Oltin to'p» sovrinini qo'lga kiritishga asosiy nomzodlar reytingi yangilandi. Ushbu reyting oxirgi marta bir hafta avval yangilangan edi. Ro'yxatning birinchi pog'onasida hamon «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn bormoqda.

Ikkinchi o'ringa «Bavariya»ning yana bir a'zosi – Maykl Olise ko'tarildi. «Real» hujumchisi Kilian Mbappe esa, o'z navbatida, uchinchi pog'onaga tushib qoldi.

Kuchli o'nlikning qolgan qismida ketma-ketlikda Lamin Yamal, Luis Dias, Erling Xoland, Usman Dembele, Xulian Alvares, Vitinya va Deklan Rays joy olgan.

Rafinya 12-o'rindan joy oldi. Lionel Messi 14-pog'onadan 15-pog'onaga pastladi, Krishtianu Ronaldu esa 18-o'rindan 17-o'ringa ko'tarildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ