logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn: «Kamavinga chetlatilishi? Juda ahmoqona kartochka. So'nggi yillarda «Real»ga hakamlar ko'p yordam berdi»

 16 APREL, 2026, 20:24

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar ligasi chorak finali javob uchrashuvida Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardu Kamavinganing 86-daqiqada chetlatilishiga munosabat bildirdi. Kamavinga 61-daqiqada maydonga tushgan va 78-daqiqada birinchi sariq kartochkasini olgan edi.

«Men bu qarorga qo'shilaman [Kamavingani chetlatish bo'yicha], ammo so'nggi yillarda ularga hakamlar qarorlari borasida ko'p omad kulgan… Bu juda ahmoqona sariq kartochka edi. O'yinchi to'pni shunchaki qo'lga olib, u bilan qochib ketishi mumkin emas, ayniqsa sen avvaldan kartochka olgan bo'lsang — bu juda xavfli.

Hakam shunday qaror qabul qildi va bu holatda hammasi bizning foydamizga hal bo'lgani yaxshi», — dedi Keyn Mundo Deportivo nashriga.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ