logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Emeri: «Bolonya»ning o'yinini juda yuqori baholayman»

 16 APREL, 2026, 19:36

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa Ligasi chorak finalidan o'rin olgan «Bolonya»ga qarshi javob bahsi oldidan o'z fikrlarini bildirdi. Birinchi o'yinda Birmingem klubi safarda 3:1 hisobida g'alaba qozongan edi.

«Biz tayyormiz. Futbolchilar rejaga amal qilib, birinchi o'yindagi muvaffaqiyatni rivojlantirishiga ishonaman. To'g'ri, safardagi g'alaba muhim, lekin raqib istalgan daqiqada gol urishi mumkin, shu boqiz har qanday vaziyatga tayyor turishimiz kerak.

«Bolonya»ning «Roma»ga qarshi o'yinini eslang — ular favoritni musobaqadan chiqarib yuborishgan. Ularning jamoaviy o'yini va maydonda borini berib harakat qilishi tahsinga loyiq. Raqibning o'yinini juda hurmat qilaman va yuqori baholayman», — dedi Emeri.

Uchrashuv bugun tunda bo'lib o'tadi. Emeri shogirdlari o'z maydonlarida dastlabki o'yindagi ustunlikni saqlab qolishga harakat qilishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ