«Real» 2018 yildan beri ilk bor bunday muvaffaqiyatsiz seriyaga duch keldi
16 APREL, 2026, 18:24
«Real» so'nggi etti yarim yil ichida ilk bor ketma-ket to'rtta o'yinda g'alaba qozona olmadi.
Alvaro Arbeloa jamoasi so'nggi bir hafta ichida Chempionlar ligasida ikki bor «Bavariya»ga imkoniyatni boy berdi (1:2 va 3:4), La Ligada esa «Malorka»ga mag'lub bo'ldi (1:2) va «Jirona» bilan durang o'ynadi (1:1).
Madridliklarda bunday to'rt o'yindan iborat g'alabasiz seriya 2018 yilning kuzidan beri kuzatilmagan edi. O'shanda, sentyabr va oktyabr oylarida ular ketma-ket beshta o'yinda g'alaba qozona olishmagandi.
