logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» 16 yoshli braziliyalik iqtidorni sotib olmoqchi

 16 APREL, 2026, 18:00

«Barselona» va «Palmeyras» klublari 16 yoshli vinger Eduardo Konseysao transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

As nashrining yozishicha, klublar o'rtasidagi muzokaralar tez va ijobiy ruhda davom etmoqda.

Xabar qilinishicha, futbolchining shartnomasida belgilangan tovon puli 100 million evroni tashkil qiladi, biroq «Palmeyras» o'yinchini ushbu summaning yarmiga — 50 million evroga sotishi mumkin.

Konseysao hali «Palmeyras»ning asosiy jamoasida birorta ham rasmiy o'yin o'tkazgani yo'q. Shuningdek, avvalroq unga «Manchester Siti», «PSJ» va «Chelsi» kabi klublar ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ