"Inter" prezidenti Kivuning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi
16 APREL, 2026, 16:42
Milanning «Inter» klubi prezidenti Juzeppe Marotta Kristian Kivu kelasi mavsumda ham jamoani boshqarishi yoki yo'qligi haqidagi savolga javob berdi.
«Kivu, albatta, qoladi. U biz bilan birga bo'ladi. U Evropadagi eng yaxshi istiqbolli murabbiylardan biridir», — deya funktsionerning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Jurnalistning ta'kidlashicha, ayni damda klub rahbariyati Kivu bilan yangi shartnoma bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda.
45 yoshli ruminiyalik mutaxassis o'tgan yozda «Inter» boshqaruvini qo'lga olgan va ikki mavsumga mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzolagan edi.
32 turdan so'ng «neradzurri» 75 ochko jamg'argan holda Italiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.
