logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Anri "Bavariya" - "Real" uchrashuviga baho berdi

 16 APREL, 2026, 16:36

Mashhur sobiq frantsuz futbolchisi Teri Anri Chempionlar ligasi chorak finalidan o'rin olgan Myunxenning «Bavariya» va Madridning «Real» jamoalari o'rtasidagi bahs natijasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Javob uchrashuvi Germaniyada bo'lib o'tdi va maydon egalarining 4:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Qanday ajoyib o'yin! "Real" birinchi bo'limda raqibini butunlay tor-mor keltirgandi. Keyin esa "Bavariya" ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shildi, son jihatdan ustunlikdan foydalandi va maydonni "kir yuvish mashinasi"ga aylantirib yubordi. Ular raqibni butunlay bo'g'ib qo'yishdi", — deya Anrining so'zlarini keltirmoqda AS nashri.

Chempionlar ligasi yarim finalida Bundesliga peshqadami chorak finalda «Liverpul» to'sig'idan o'tgan Frantsiyaning «PSJ» jamoasi bilan o'ynaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ