Joshuaning jamoasi Fyuri bilan jang bo'yicha poziciyasini bildirdi
16 APREL, 2026, 16:16
Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn Tayson Fyuriga qarshi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi."Biz bu kelishuvni amalga oshirishga harakat qilamiz — Turki Al ash-SHeyx, Netflix va boshqalar bilan. Lekin hali hech narsa imzolanmagan.
Bizdan ringga chiqishni so'rashdi (face-off uchun), lekin Joshua: “Men hali kelishuv tuzilmagan jangni elon qilish uchun chiqmoqchi emasman”, dedi. Bu muxlislarga nisbatan yolg'on bo'lib qolardi.
Jangni tashkil etishga to'liq tayyormiz va u bo'ladi deb o'ylayman — lekin biz xohlagan tarzda", — dedi Xirn.
Manba: olamsport.com
