logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Uchta top-klub «Tottenxem» yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

 16 APREL, 2026, 15:12

«Tottenxem» a'zosi Pap Matar Sarr faoliyatini boshqa grand jamoada davom ettirishi mumkin. CaughtOffside nashrining xabariga ko'ra, 23 yoshli senegallik futbolchiga «Real», «PSJ» va «Bavariya» klublari qiziqmoqda.

«Shporlar» yarim himoyachini shu yozda sotishga tayyor, biroq uning transferidan kamida 50 million funt sterling ishlab olmoqchi. Sarrning londonliklar bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.

Ma'lumot uchun, Pap Matar Sarr joriy mavsumda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta assist qayd etgan. Transfermarkt uni 32 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ