«Arsenal» «Real» yarim himoyachisini sotib olmoqchi
16 APREL, 2026, 15:06
Turkiya terma jamoasi va «Real Madrid» a'zosi Arda Gyuler faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Goal nashrining xabar berishicha, futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
«To'pchilar» Gyulerni yozgi transfer oynasida sotib olishga harakat qilib ko'rishadi. Ardaning «qirollik klubi» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.
Hozirda 21 yoshli turk futbolchisining bozor qiymati 90 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsum La Ligada 31 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
