logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Upamekano «PSJ» haqida: «Biz ulardan nimani kutishni bilamiz»

 16 APREL, 2026, 13:54

«Bavariya» futbolchisi Dayo Upamekano Chempionlar ligasi yarim finalida «PSJ»ga qarshi kechadigan bahs haqidagi savolga javob berdi.

Myunxenliklar chorak finalda Madridning «Real» klubidan umumiy 6:4 hisobida ustun kelishdi (javob o'yinida 4:3 hisobida g'alaba qozonildi). «PSJ» esa «Liverpul» to'sig'idan ishonchli tarzda o'tdi — har ikki o'yinda ham 2:0 hisobi qayd etildi.

«PSJ»ga qarshi o'yin oson bo'lmaydi — bu ajoyib murabbiyga ega yaxshi jamoa. Ular chiroyli futbol namoyish etishmoqda va biz ularni avvalgi uchrashuvlardan yaxshi bilamiz. Nimani kutishni bilamiz va avval Parijda, keyin esa bu erda g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz», — deya Upamekanoning intervyusidan iqtibos keltirmoqda Bayern & Germany.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ