logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» etakchisi mag'lubiyatdan so'ng muxlislarga minnatdorchilik bildirdi

 16 APREL, 2026, 13:42

«Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo jamoasining Chempionlar ligasidan chiqib ketganiga izoh berdi.

«Bu tarzda musobaqani tark etish og'riqli. Biz yanada kuchliroq bo'lib qaytish va muxlislarimizga ular loyiq bo'lgan quvonchni hadya etish uchun bor kuchimizni beramiz. Har doim biz bilan bo'lganingiz uchun rahmat», — deb yozdi Arauxo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, avvalroq «Barselona» ikki o'yin natijasiga ko'ra «Atletiko»ga imkoniyatni boy berib (0:2, 2:1), Chempionlar ligasining chorak finalida ishtirokini to'xtatgan edi.

Ispaniya chempionatida «Barselona» 31 turdan so'ng 79 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

«Ko'k-anorranglilar» navbatdagi uchrashuvini 22 aprel kuni o'tkazadi. Kataloniyaliklarga «Selta» jamoasi raqiblik qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ