logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«An-Nasr» ustozi Ronalduning holati haqida bayonot berdi

 16 APREL, 2026, 13:36

«An-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush hujumchi Krishtianu Ronalduning sog'lig'idagi muammolar sababli uni asramoqchi bo'lganini tan oldi.

Chorshanba kuni Ar-Riyod jamoasi Kingsli Komanning goli evaziga «Al-Ittifoq» ustidan minimal (1:0) hisobda g'alaba qozondi. Ma'lum bo'lishicha, Ronaldu o'zini yomon his qilayotgan bo'lsa-da maydonda harakat qilgan — u faqat 89-daqiqaga kelib almashtirildi.

«Men Krishtianuni maydonga tushirishni istamagandim — uning holati ancha yomon edi. Uning oshqozonida muammolar bor edi, shuningdek, u umumiy charchoqni his qilayotgandi», — deya javob berdi murabbiy Jezush jurnalistlar bilan suhbatda 41 yoshli yulduz haqidagi savolga.

«An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa «Al-Hilol»ni 8 ochkoga ortda qoldirmoqda, biroq ta'qibchining zaxirasida bitta o'yini bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ