logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Serxio Ramos «Real»ning Chempionlar ligasidan chiqib ketganiga izoh berdi

 16 APREL, 2026, 13:18

Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi Serxio Ramos jamoaning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligiga munosabat bildirdi. «Qaymoqranglilar» Myunxenda kechgan chorak final javob uchrashuvining so'nggi daqiqalarida ikkita gol o'tkazib yuborib, «Bavariya»ga imkoniyatni boy berishdi (3:4). Qarama-qarshilikning umumiy hisobi — 4:6.

«Real» doimo qaytadi», — deb yozdi Ramos uchrashuv yakunlanganidan so'ng ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Madrid grandining 40 yoshli sobiq sardori shu yilning yanvar oyidan beri klubsiz bo'lib turibdi. Ispaniyalik futbolchi 2005 yildan 2021 yilgacha «Real» sharafini himoya qilgan va ushbu davr mobaynida jamoa bilan to'rt bor Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.

«Real»ning eng nufuzli evrokubokdagi hozircha oxirgi zafari 2024 yilga to'g'ri keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ