logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Stanishich: «Ryudiger meni haqorat qildi, uning tan olishga jasorati etarmikin?»

 16 APREL, 2026, 13:12

«Bavariya» himoyachisi Yosip Stanishich Antonio Ryudiger uni haqorat qilganini aytdi. Chempionlar ligasi chorak finalidan o'rin olgan javob uchrashuvi davomida germaniyalik futbolchi xorvatiyalik himoyachini muayyan so'z bilan haqoratlagan, biroq Stanishich bu so'zni oshkor qilmaslikni afzal ko'rdi.

«Maydonda yotgan paytimda Ryudigerdan nimalarni eshitganim haqida gapirib o'tirmayman. Yaxshisi, buni uning o'zidan so'rang. Mening fikrimcha, bu qabul qilib bo'lmas holat. U faqat bitta so'z aytdi, o'ziyam ikki marta. Unga shu savolni berib ko'ring — balki hammasini tan olishga jasorati etar. Men adovat tarafdori emasman, shuning uchun tafsilotlarni ochiqlamayman. Ha, u buni hissiyotlar ostida aytdi, lekin baribir bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi», – dedi Stanishich Kicker nashriga bergan intervyusida.

«Bavariya» 4:3 (ikki o'yin natijasiga ko'ra 6:4) hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. U erda myunxenliklar «PSJ» bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ