logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gyuler: «Bunday bo'lishi kerak emas edi...»

 16 APREL, 2026, 12:54

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoasining Chempionlar ligasini tark etganiga munosabat bildirdi.

Ispaniya grandi chorak finalda «Bavariya»ga umumiy 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib, eng nufuzli evrokubokdagi ishtirokini yakunladi. Myunxendagi javob uchrashuvida «qaymoqranglilar» 89-daqiqagacha 3:2 hisobida oldinda borayotgan bo'lsa-da, yakunda 3:4 hisobida mag'lub bo'lishdi. 86-daqiqada Eduardo Kamavinga maydondan chetlatildi va bu qaror «Real» vakillarining keskin noroziligiga sabab bo'ldi.

«Bunday bo'lishi kerak emas edi. Biz juda afsusdamiz. Biz albatta qaytamiz. Hala Madrid», – deb yozdi ijtimoiy tarmoqlarda uchrashuvda dubl qayd etgan Gyuler.

Turkiyalik futbolchi o'yinning 34-soniyasidayoq Manuel Noyerning uzatmadagi qo'pol xatosidan foydalanib hisobni ochgan bo'lsa, 29-daqiqada jarima zarbasidan gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ