logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Dias «Bavariya»ni yarim finalga olib chiqdi: «Bu faoliyatimdagi eng muhim gollardan biri»

 16 APREL, 2026, 12:24

«Bavariya» futbolchisi Luis Dias Madridning «Real» klubiga qarshi kechgan chorak final javob uchrashuvidagi (4:3) goli haqida fikr bildirdi.

Aynan kolumbiyalik futbolchining aniq zarbasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi: vinger 89-daqiqada gol urib, ikki o'yin natijasiga ko'ra jamoasini oldinga olib chiqdi. 94-daqiqada esa Maykl Olise muvaffaqiyatni mustahkamladi — qarama-qarshilik yakunida hisob 6:4 ko'rinishini oldi.

«Bu gol faoliyatimdagi eng muhim uchta goldan biri hisoblanadi. Barcha muhim gollarimni eslasam, ushbu gol urilgan vaqtini inobatga olgan holda, uni eng sevimlilarimdan biri deb bemalol ayta olaman. Bu juda qiyin o'yin bo'ldi, bizga g'alaba suv va havodek zarur edi. Baxtimizga, men gol urdim va jamoaning keyingi bosqichga chiqishiga yordam berdim», — dedi Dias ESPN nashriga bergan intervyusida.

29 yoshli futbolchi joriy mavsum boshlanishi oldidan «Liverpul»dan «Bavariya»ga ko'chib o'tgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ