logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sneyder Kamavingani «ahmoq» deb atadi

 16 APREL, 2026, 05:18

«Real»ning sobiq futbolchisi Uesli Sneyder Chempionlar Ligasi 1/4 final javob bahsida «Bavariya»ga qarshi o'yinda (3:4) maydondan chetlatilgan Eduardo Kamavingani qattiq tanqid qildi.

«Kamavinga — ahmoq. Bilasizmi, «Real» futbolchilari yakuniy hushtaqdan keyin nima qilishlari kerak edi? Ular kiyinish xonasiga kirib, barcha noroziliklarini uning yuziga aytishlari va bor g'azablarini unga sochishlari kerak edi», — deya Sneyderning so'zlarini CNA nashri keltirmoqda.

Kamavinga chetlatilganidan so'ng, Madrid klubi ikkita gol o'tkazib yubordi va mag'lubiyatga uchradi. Shu tariqa, jamoa ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib, yarim finalga chiqa olmadi.

Sneyderning fikricha, aynan futbolchining bunday mas'uliyatsizligi va intizomsizligi «Real»ning turnirdagi ishtirokini barvaqt yakunlashiga sabab bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ