logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Martinelli: «Hamma baxtli»

 16 APREL, 2026, 05:00

Londonning «Arsenal» klubi Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo'l oldi va bu ketma-ket ikkinchi yil sodir bo'lmoqda. Londonliklarning braziliyalik hujumchisi Gabriel Martinelli ushbu muvaffaqiyat borasidagi tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

«Hamma juda hayajonda va biz baxtlimiz. Ketma-ket ikki marta Chempionlar Ligasi yarim finalidamiz. Biz bunga loyiq edik va juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Endi yakshanba kuni ham ijobiy natijaga erishishni istaymiz.

Raqib g'alaba qozonishga harakat qildi. Biz gol ura olmadik, lekin gol ham o'tkazib yubormadik. Oldinga qarab intilishda davom etamiz», — deya Martinellining so'zlarini BBC Sport nashri keltirmoqda.

Eslatib o'tamiz, «Arsenal» o'z tarixida faqat bir marta — 2006 yilda Chempionlar Ligasi finaligacha etib borgan. Endi Mikel Arteta shogirdlari yarim finalda Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ