logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» futbolchilari joriy mavsum Chempionlar Ligasida eng ko'p qizil kartochka oldi

 16 APREL, 2026, 05:00

Madridning «Real» klubi a'zolari joriy mavsumda Evropa Chempionlar Ligasida jami 5 ta qizil kartochka olishdi.

Bugun Madrid jamoasi 1/4 final javob bahsida «Bavariya»ga imkoniyatni boy berdi (3:4, birinchi o'yin – 1:2) va musobaqa bilan xayrlashdi. Ushbu uchrashuvning o'zida «qaymoqranglilar»ning ikki futbolchisi maydondan chetlatildi:

Eduardo Kamavinga – Xarri Keynga ishlatilgan foldan so'ng to'pni raqibga bermagani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi.

Arda Gyuler – yakuniy hushtaqdan keyin hakam bilan bahslashgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.

Bundan avvalroq, umumiy bosqich doirasidagi «Marsel»ga qarshi o'yinda (2:1) Daniel Karvaxal, «Benfika» bilan bahsda (2:4) esa Raul Asensio va Rodrigo maydondan chetlatilgan edi.

Beshta chetlatish — bu joriy mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan barcha jamoalar orasidagi eng yuqori (salbiy) ko'rsatkichdir. Ko'rinib turibdiki, Madrid klubi nafaqat natija borasida, balki intizom masalasida ham jiddiy muammolarga duch kelgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ