logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa: «Fantastik o'yin»

 16 APREL, 2026, 04:48

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ga qarshi kechgan javob o'yinidagi (3:4) jamoasining ishtirokini baholadi. «Qaymoqranglilar» ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi.

«Futbolchilarimizning ishtiroki fantastik bo'ldi. Sarflangan barcha kuch va harakatlarni inobatga olsak, ular uchun juda afsusdaman. Myunxenga kelgan va uyda o'yinni tomosha qilgan barcha muxlislarimizdan uzr so'rayman. «Real» bu yil 16-Chempionlar Ligasi titulini yuta olmasligidan azob chekyapman, lekin jamoam va ular ko'rsatgan xarakter bilan faxrlanaman.

Futbolchilar borini berishdi. Kecha aytganimdek, biz Madridga boshimizni baland ko'targan holda qaytamiz. Afsuski, chetlatish va o'yin so'nggidagi gol hamma narsani hal qilib qo'ydi», – dedi Arbeloa o'z intervyusida.

Eslatib o'tamiz, «Real» tarkibida gollarni Arda Gyuler (dubl) va Kilian Mbappe kiritishdi. Biroq bu yarim finalga chiqish uchun etarli bo'lmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ