logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Dias: «Bu bizning imkoniyatimiz edi»

 16 APREL, 2026, 04:36

Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan «Bavariya» — «Real» uchrashuvi qo'shimcha bo'limlarga o'tishi mumkin edi. Biroq, Eduardo Kamavinganing maydondan chetlatilishi hamma narsani o'zgartirib yubordi: shundan so'ng myunxenliklar ikkita gol urib, 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yindan so'ng «Bavariya»ning uchinchi goli muallifiga aylangan vinger Luis Dias o'z fikrlarini bildirdi:

«Menimcha, Kamavinga chetlatilgunga qadar ham biz to'pni yaxshiroq harakatlantirayotgan edik va vaziyatlar yaratayotgandik. «Real» — katta jamoa va bunday o'yinlar uchun juda mos. Fikrimcha, ular yaxshi o'yin o'tkazishdi. Qachonki Kamavinga chetlatilganida, biz o'zimizga: «Bu bizning lahzamiz, bizning imkoniyatimiz», dedik», — dedi Dias intervyuda.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasi yarim finalida «Bavariya» «PSJ» jamoasi bilan to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ