Keyn joriy mavsumda «Bavariya» safida 50 ta gol urdi
16 APREL, 2026, 04:24
«Bavariya»ning inglizlik hujumchisi Xarri Keyn Madridning «Real» klubiga qarshi bahsda gol urdi va bu gol u uchun mavsumdagi yubiley — 50-gol bo'ldi.
Ma'lum bo'lishicha, Keyn Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida to'p tepadigan futbolchilar ichida Erling Xolanddan keyin bir mavsumda 50 ta gol urgan birinchi o'yinchiga aylandi. Xoland bu natijani 2022/2023 yilgi mavsumda (norvegiyalikning «Manchester Siti»dagi birinchi, Keynning esa «Tottenxem»dagi oxirgi mavsumida) qayd etgan edi.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasi yarim finalida «Bavariya» musobaqaning amaldagi g'olibi — «PSJ» bilan to'qnash keladi.
