logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL yarim finalchilari ma'lum — «Real» va «Barselona»siz final sari

 16 APREL, 2026, 02:18

2025/26 yilgi mavsum Chempionlar ligasining chorak final javob o'yinlari yakunlanib, musobaqaning yarim finaliga yo'l olgan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.

Chorshanba, 15 aprel kungi bahslarda «Arsenal» o'z maydonida «Sporting» bilan durang o'ynab (0:0, umumiy hisob — 1:0), keyingi bosqichga chiqdi. «Bavariya» esa gollarga boy bo'lgan uchrashuvda «Real»ni mag'lub etdi (4:3, umumiy hisob — 6:4) va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, seshanba, 14 aprel kuni Madridning «Atletiko» klubi «Barselona» to'sig'idan o'tgan bo'lsa (2:0, 1:2), «PSJ» ikki o'yinda ham «Liverpul»dan ustun keldi (2:0, 2:0).

Yarim final juftliklari:

«Bavariya» (Germaniya) — «PSJ» (Frantsiya)

«Arsenal» (Angliya) — «Atletiko» (Ispaniya)

O'yinlarning aniq sanalari tez orada UEFA tomonidan e'lon qilinadi.

2025/26 yilgi Chempionlar ligasining final uchrashuvi 30 may kuni Budapeshtdagi (Vengriya) muhtasham «Pushkash Arena» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ