Del Pero: «Bugungi «PSJ» himoyalanishni o'rgandi»
15 APREL, 2026, 23:06
«Yuventus»ning sobiq yulduzi Alessandro Del Pero «PSJ»ning Chempionlar ligasidagi ishtiroki haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Luis Enrike shogirdlari «Liverpul»ni ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:0 hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l olishdi.
«PSJ» yarim himoya chizig'iga ko'proq mahorat va iqtidorni jamlagan, «Bavariya» esa ancha muvozanatli, mustahkam va tartibli jamoa hisoblanadi. Bu ikkala klub ham potentsial jihatdan hamma narsaga qodir. Bugungi «PSJ» himoyalanishga tayyor — bu Messi, Neymar va Mbappe o'ynagan o'sha avvalgi jamoa emas», — deya Del Peroning so'zlarini keltiradi Sky Sport.
