logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Milik yana jarohati sabab «Yuventus»ga yordam bera olmaydi

 15 APREL, 2026, 20:12

«Yuventus»ning polshalik hujumchisi Arkadiush Milik navbatdagi jarohatini oldi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati bayonot berdi.

Noxush voqea 14 aprel kuni bo'lib o'tgan mashg'ulot paytida yuz bergan. Shifokorlar futbolchining o'ng oyoq son qismidagi ikki boshli mushak cho'zilganini aniqlashgan. «Tiklanish uchun aniq muddatlarni belgilash maqsadida taxminan 10 kundan keyin qo'shimcha ko'riklar o'tkazish rejalashtirilgan», — deyiladi klub bayonotida.

32 yoshli hujumchi deyarli 2 yildan beri surunkali jarohatlar bilan kurashmoqda, bu esa unga to'liq kuch bilan o'ynashga xalaqit bermoqda. Ushbu mavsumda u bor-yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushib, jami 34 daqiqa harakat qilgan, xolos. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Milik 4–5 haftani o'tkazib yuboradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ