logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sindarov musobaqani rekord natija bilan yakunladi

 15 APREL, 2026, 20:00

Kiprda o'tkazilgan shaxmat bo'yicha 2026 yilgi Nomzodlar turniri o'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Musobaqaning 14-turida Sindarov xitoylik Vey Iga qarshi dona surdi.

Turnir yakunlanishiga bir tur qolganda g'oliblikni qo'lga kiritgan o'zbekistonlik shaxmatchining xitoylik raqibiga qarshi o'yini durang natija bilan yakunlandi.

Har ikki grossmeyster tezkor yurishlarni amalga oshirib, 32-yurishdayoq murosaga keldi va buning uchun umumiy 10 daqiqaga yaqin vaqt sarfladi. Shu tariqa Javohir 2026 yilgi FIDE Nomzodlar turnirini mag'lubiyatsiz o'tkazgan yagona shaxmatchi bo'ldi.

Sindarov musobaqani 10 ochko bilan yakunladi. Vey  I esa 7 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi va onlayn jadvalda 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

O'zbekistonlik shaxmatchi turnirni mag'lubiyatsiz yakunladi. Shu bilan birga, 14 imkoniyatdan 10 ochko jamg'argan holda rossiyalik Yan Nepomnyashiyga tegishli bo'lib turgan rekordni (9,5 ochko) yangiladi.

Sindarov avvalroq Nomzodlar turnirida 6 ta g'alaba qayd etgan ilk shaxmatchiga aylangan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ