logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dibala «Milan»ga o'tishni orzu qilmoqda

 15 APREL, 2026, 19:54

«Roma» hujumchisi Paulo Dibala klubini o'zgartirishi mumkin. Corriere della Sera nashri bergan ma'lumotga ko'ra, agar argentinalik futbolchi Rim klubini tark etsa, u «Milan»ga o'tishni istaydi.

«San-Siro»da to'p tepish hujumchining orzusi hisoblanadi. Bunday transfer amalga oshishi uchun Dibala «rossonerilar» bilan o'zining o'yinlariga qarab belgilanadigan shartnomaga rozi bo'lishga tayyor.

Paulo Dibala 2022 yilda «Yuventus»dan «Roma»ga erkin agent sifatida o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi Rim klubi safida barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ