Florentino Peres "Real"ning "Bavariya"ga qarshi o'yindagi kambek imkoniyatlarini baholadi
15 APREL, 2026, 19:42
"Real" prezidenti Florentino Peres Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi "Bavariya"ga qarshi bo'lajak javob uchrashuvidan kutayotgan umidlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bavariya" bilan o'yindagi kambek? Biz aynan shuning uchun shu erdamiz. Kambek amalga oshishiga umid qilamiz", — deya Peresning so'zlarini keltirmoqda El Chiringuito.
"Real" va "Bavariya" o'rtasidagi ilk uchrashuv "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tgan va Myunxen klubining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi. Javob o'yini bugun, 15 aprel kuni Myunxendagi "Alyants Arena" stadionida Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.
