logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maguayr "Chelsi" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

 15 APREL, 2026, 19:06

"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr Angliya Premer-ligasining 33-turi doirasidagi "Chelsi"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi. The Athletic xabariga ko'ra, Futbol assotsiatsiyasi futbolchining diskvalifikatsiyasini bekor qilmaslikka qaror qilgan.

Maguayr Angliya chempionatining 32-turida "Bornmut"ga qarshi bahsda qizil kartochka olgan edi. Himoyachi maydondan chetlatilganidan so'ng to'rtinchi hakam Mett Donaxyu manziliga haqoratli so'zlar ishlatgan.

Joriy mavsumda Xarri Maguayr "Manchester Yunayted" safida barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Transfermarkt portali himoyachining narxini 10 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ