Mourinoga APLdan ish chiqishi mumkin
15 APREL, 2026, 18:00
«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Topskills Sports UK xabariga ko'ra, «Nyukasl» portugaliyalik mutaxassisga qiziqish bildirmoqda. Mourino «qarg'alar» ustozi Eddi Xauning o'rnini egallash uchun asosiy favoritga aylandi. Katta ehtimol bilan, Xau joriy mavsum yakunida iste'foga chiqariladi.
Ta'kidlash joizki, Mourino hech qachon «Nyukasl»ga bo'lgan mehrini yashirmagan va klubning sobiq bosh murabbiyi ser Bobbi Robson bilan alohida bog'liqligi borligini tez-tez ta'kidlab kelgan.
Eslatib o'tamiz, Mourino Angliyada «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» klublarini boshqargan. U to'rt marta Liga kubogini, uch marta Angliya Premer-ligasini, ikki marta Angliya Superkubogini va bir marta Angliya kubogini qo'lga kiritgan.
