logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kompani Chempionlar ligasi reglamentini o'zgartirishni taklif qildi

 15 APREL, 2026, 16:54

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi reglamentiga o'zgartirish kiritish taklifi bilan chiqdi.

Belgiyalik mutaxassisning fikricha, musobaqada uchta sariq kartochkadan so'ng diskvalifikatsiya qilinishi — o'ta qattiqqo'l qoida.

«Guruh bosqichida o'yinlar soni ortdi, ammo uchta sariq kartochka qoidasi hali ham amal qilmoqda. Agar siz markaziy himoyachi bo'la turib, musobaqaning bu bosqichigacha uchta kartochka bilan etib kelgan bo'lsangiz — bu ancha yaxshi ko'rsatkich, lekin shunda ham yarim finalni o'tkazib yuborishingiz mumkin. Menimcha, bu haddan tashqari ko'p. Hakamlarning qarori noto'g'ri bo'lishi mumkin va bunday qoidalar bilan himoya markazi o'yinchilari uchun diskvalifikatsiyadan qochib qutulishning deyarli iloji yo'q. Ehtimol, keyingi mavsumdan buni o'zgartirishar», — deya jurnalist Florian Plettenberg Kompanining so'zlarini keltirmoqda.

Chorshanba kuni Chempionlar ligasi chorak finali doirasida «Bavariya» va Madridning «Real» jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ