logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik «Atletiko»dan uchralgan mag'lubiyat sabablarini aytdi

 15 APREL, 2026, 16:48

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi chorak finalida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi bahsdagi muvaffaqiyatsizlikning asosiy sabablarini aytib o'tdi.

Kataloniya jamoasi Madridda 2:1 hisobida g'alaba qozondi, biroq bu etarli bo'lmadi — ilk uchrashuvda «matraschilar» 2:0 hisobida zafar quchishgan edi.

«Albatta, biz hafsalamiz pir bo'ldi. Chempionlar ligasida g'olib chiqish bizning orzumiz edi. Barchamiz — o'yinchilar ham, murabbiylar shtabi ham bundan saboq olishimiz kerak. Biz ko'proq gol urishimiz shart edi — buning uchun bizda etarlicha imkoniyatlar bo'ldi. Yarim finalga chiqishga loyiq edik. Birinchi o'yinda juda ko'p vaziyatlarni boy berdik. Asosiy muammo ham shunda — o'z maydonimizdagi bahsning yomon natijasi», — dedi Flik matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ