logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lam Noyerni Ronaldu va Messiga qiyosladi

 15 APREL, 2026, 16:00

Mashhur germaniyalik sobiq futbolchi Filipp Lam "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyerning faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirdi. Myunxenliklarning 40 yoshli sardori, ehtimol, klubdagi so'nggi mavsumini o'tkazmoqda.

"Bunday darvozabonlar yuz yilda bir marta dunyoga keladi. Noyer o'z pozitsiyasi uchun zarur bo'lgan barcha iste'dod va fazilatlarga ega. U futbol tarixidagi eng buyuk shaxslar qatorida Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bilan bir safda turadi. Menimcha, Manuelga hech bo'lmaganda bir marta "Oltin to'p" berilishi kerak edi. Bunga kim ham qarshi bo'lardi?" — deya Lamning so'zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.

Bugun "Bavariya" Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida Madridning "Real" jamoasiga qarshi javob uchrashuvini o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ