logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

De Yong EChL 1/4 finalidagi hakamlikni tanqid qildi

 15 APREL, 2026, 15:42

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yinlardagi (umumiy hisob 2:3) hakamlikdan noroziligini bildirdi.

"Biz kuchliroq edik, kamchilik bo'lib o'ynaganimizga qaramay, ikkala bahsda ham ustunlik qildik. Menimcha, omad biz tomonda bo'lmadi.

Ikkinchi o'yinda bir nechta bahsli vaziyatlar yuzaga keldi. Birinchi uchrashuvda esa Pubil bilan bog'liq vaziyat hal qiluvchi palla bo'ldi — u erda chetlatish va penalti belgilanishi kerak edi", — dedi futbolchi.

Hakamlik adolatsiz bo'ldimi, degan savolga de Yong shunday javob berdi:

"Birinchi o'yinda — shubhasiz, shunday".

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ