logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bavariya" fanatlari "Real"ga tinchlik berishmadi (foto)

 15 APREL, 2026, 12:54

«Bavariya» muxlislari Chempionlar ligasi chorak finalidan o'rin olgan javob uchrashuvi oldidan Madridning «Real» klubi futbolchilarining uyqusini buzishga harakat qilishdi.

Bugun Myunxenda jamoalarning o'zaro bahsi bo'lib o'tadi. El Chiringuito nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, nemis grandi ishqibozlari «qaymoqranglilar» to'xtagan mehmonxonani aniqlab olishgan va o'yin oldidan tunda futbolchilarga uxlashga yo'l qo'ymaslik uchun mehmonxona yaqinida feyerverklar otishni boshlashgan.


«Bavariya» va «Real» o'rtasidagi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Dastlabki bahsda Vensan Kompani jamoasi Madridda 2:1 hisobida zafar quchgan edi. Yarim finalda ushbu juftlik g'olibini allaqachon «Liverpul»ni musobaqadan chiqarib yuborgan «PSJ» kutmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ