logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» rahbariyati tushkunlikka tushgan jamoani qo'llab-quvvatladi

 15 APREL, 2026, 09:06

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Chempionlar ligasi chorak finali doirasida «Atletiko»ga qarshi kechgan javob uchrashuvidan so'ng jamoa kiyinish xonasiga kirdi.

2:1 hisobidagi g'alaba «ko'k-anorranglilar» uchun yarim finalga chiqishga kifoya qilmadi, chunki dastlabki bahsda «matraschilar» 2:0 hisobida zafar quchishgan edi. Barca Universal nashrining xabar berishicha, o'yin yakunlangach, Laporta jamoaga tasalli berish uchun zudlik bilan kiyinish xonasiga yo'l olgan. Klub rahbariga sport direktori Deku ham hamrohlik qildi. Futbolchilar ham, bosh murabbiy Xans-Diter Flik ham juda tushkun holatda edilar.

«Barselona» 2015 yildan buyon Chempionlar ligasida g'olib chiqa olmayapti. O'tgan mavsumda Flik kataloniyaliklarni yarim finalga qadar boshlab borgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ