logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Neymar Lamin Yamalning «to'p ustiga o'tirish» harakatini takrorladi

 15 APREL, 2026, 08:48

«Santos» Kopa Sudamerikana doirasida Paragvayning «Rekoleta» jamoasi bilan durang o'ynadi (1:1). Uchrashuvning 4-daqiqasida Neymar hisobni ochgan bo'lsa, raqiblar birinchi bo'lim yakunida penaltidan yo'llangan aniq zarba bilan javob qaytarishdi.

The Touchline nashrining qayd etishicha, Neymar o'yin epizodlaridan birida Lamin Yamalning harakatini ataylab takrorlagan: u xuddi 18 yoshli ispaniyalik futbolchi bir oz avval Chempionlar ligasi chorak finalidagi «Atletiko»ga qarshi bahsda qilganidek, to'p ustiga o'tirib oldi. Taxminlarga ko'ra, braziliyalik yulduz shu tariqa uni o'ziga kumir deb biladigan «Barselona» vingeriga hurmat bajo keltirgan.

E'tiborli jihati shundaki, seshanba oqshomida Yamal ham aynan 4-daqiqada gol urgan edi. O'sha o'yinda «Barsa» Madridda «matraschilar»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi, biroq bu yarim finalga chiqish uchun kamlik qildi — ikki o'yin natijasiga ko'ra 2:3.

Eslatib o'tamiz, Neymar 2013 yildan 2017 yilgacha Kataloniya grandi sharafini himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ